Jamiyat | 19:20 / 26.07.2018
7968
1 daqiqa o‘qiladi

Chimyonda «Kamaz» haydovchisi mashina boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida halok bo‘ldi

25 iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yashagan B.D. boshqaruvidagi «Kamaz» rusumli yuk avtomashinani «Chimyon» MFYda joylashgan archazor tog‘idan pastga haydab tushayotganida boshqaruvini eplay olmay shu yerdagi soyga tushib ketgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ro‘y bergan voqea oqibatida yuk avtomashinaning kabina qismida yong‘in kelib chiqishi natijasida B.D. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.

Mavzuga oid