Jahon | 04:17 / 26.07.2018
9762
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya TIV rasmiy vakilasi:  «Tarixiy deklaratsiya»ning taqdiri bizga ma'lum

Foto: Reuters

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Mariya Zaxarova ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida AQSh Davlat departamenti e'lon qilgan «Qrim deklaratsiyasi» nomli hujjatga munosabat bildirdi. 

«OAV: «AQSh Davlat departamenti «Qrim deklaratsiyasi» nomli rasmiy hujjatni e'lon qildi. U Qrim Rossiyaning bir qismi ekanligini tan olmaydi va AQShning rasmiy pozitsiyasini bildiradi».  Axir, Eron yadro dasturi bo‘yicha  erishilgan kelishuv, Parij iqlim o‘zgarishi bo‘yicha kelishuv ham AQShning rasmiy siyosati edi-ku. Obama shaxsan shunday qaror qabul qilgandi. Endi Tramp bu qarorlarni qayta ko‘rib chiqyapti. Bizga «tarixiy deklaratsiya»ning qiymati ma'lum», deb yozadi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, AQSh Davlat departamenti kotibi Mayk Pompeo Qrim ustidan Rossiyaning suverenitetini tan olmasligini bildirdi. ​

Mavzuga oid