O‘zbekiston delegatsiyasi Diniy erkinliklarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi
2018 yilning 25 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Vashingtondagi Milliy press-klubda “O‘zbekistonda diniy erkinliklarning yangi davri” mavzusida maxsus brifing o‘tkazdi.
TIVning xabar berishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeoning taklifiga binoan Diniy erkinliklarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan vazirlar konferensiyasida ishtirok etish uchun Vashingtonga tashrif buyurdi.
Vazir Abdulaziz Kamilov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a'zosi va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz rahbari Akmal Saidov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov o‘z nutqlarida O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixi mamlakatda yashayotgan turli din va konfessional guruhlarga nisabatan bag‘rikenglik va hurmat bilan munosabatda bo‘linganidan darak berishini ta'kidlashdi.
Xabarda aytilishicha, brifing qatnashchilariga mamlakatda diniy erkinliklarni ta'minlash va ma'rifiy islom g‘oyalarini targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolari Milliy press-klub majlisida ishtirok etgan jurnalistlar, ekspertlar, siyosatshunoslarning savollariga ham javob berdi.
Brifingda Amerika tomonidan AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori J.Kolbert, Global jalb etish instituti prezidenti J.Chen, Vashington Universiteti professori K.Saypl nutq so‘zlashdi.
Brifingda shuningdek AQSh ma'muriyati, Kongress, ekspert-tahlil va ishbilarmonlik doiralari, diniy va boshqa nohukumat tashkilotlarning vakillari ishtirok etishdi.
Mavzuga oid
00:37 / 25.11.2024
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
19:53 / 15.10.2024
“Sekin oshirib boramiz” – Toshboyev O‘zbekiston 24 minglik Haj kvotasidan to‘liq foydalanmayotgani haqida
15:50 / 15.10.2024
“Bu katta miqdor emas” – Diniy qo‘mita raisi Umra litsenziyasining 1 million dollarlik sharti haqida
08:50 / 14.09.2024