Ukraina hukumati rahbari: Rossiya oldida tiz cho‘kib, bosh egish kerak emas
Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysmanning ma'lum qilishicha, Kiyev gaz importidan voz kechishi va Rossiyaga qaram bo‘lmasligi kerak. Bu haqda u 26 iyul, seshanba kuni hukumat yig‘ilishida gapirdi, deb xabar bermoqda «112 Ukraina» telekanali.
"Mustaqillik, shu jumladan, energiya mustaqilligini saqlab qolish biz uchun juda muhimdir. Men har doim tabiiy gazning ichki zaxirasiga ega bo‘lgan Ukraina Rossiyadan qanday qilib gaz xarid qilishidan hayron bo‘lardim. Dekabr oyi kelishi bilan hukumat boshini egib va tiz cho‘kib Moskvaga borardi hamda gaz narxi haqida kelishishga majbur bo‘lardi», - dedi Groysman.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina tabiiy gaz zaxiralari Moskva yonilg‘i mustaqilligini ta'minlaydi. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev o‘z hududida gaz qazib olishni to‘la hajmda boshlashi mumkin, bu esa mamlakat ichida yoqilg‘ining narxini pasaytiradi.
Mavzuga oid
19:17
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
14:45
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
11:34