O‘zbekiston | 15:38 / 28.07.2018
30309
2 daqiqa o‘qiladi

Qiziriq tumani hokimi o‘zgardi

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Olim Boboqulovich Muhammadiyev
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Alisher Mingqobilovich Norqobilov Qiziriq tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi.

Shu kunga qadar viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Olim Boboqulovich Muhammadiyev Qiziriq tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida boshqarma boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Ulug‘bek Axunov Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangani xabar berilgandi. 

 

Mavzuga oid