Makkeyn Trampga NATOdan chiqishni taqiqlab qo‘yish taklifini berdi
Senator Jon Makkeyn Qo‘shma Shtatlarning NATOdan chiqarilishini AQSh prezidenti Donald Trampga qonunchilik bilan taqiqlab qo‘yishni taklif qildi. Bu haqda T-online xabar bermoqda.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Makkeyn AQSh senatiga ko‘rib chiqish uchun qonun loyihasini taqdim etdi. Unda Qo‘shma Shtatlar NATOni mamlakat kongressi roziligisiz tark eta olmasligi belgilab qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, Makkeyn Tramp AQShning NATO bo‘yicha ittifoqchilari bilan «yomon munosabatda» bo‘ldi, deb hisoblaydi.
Shu bilan birga, senatorning ishonch bildirishicha, aynan NATO AQShni muvaffaqiyatli va xavfsiz mamlakatga aylantirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp NATO a'zolari orasida «bir yoki ikkita diktator»ni topgandi.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024