Facebook top-menejyerlari iste'foga chiqmoqda. Navbat axborot xavfsizligi bo‘yicha rahbarga keldi
Facebook kompaniyasining axborot xavfsizligi yo‘nalishi rahbari Aleks Stamos 17 avgust kuni o‘z lavozimini tark etishi haqida xabar berdi.
«17 avgust kuni Facebook’dagi oxirgi ish kunim bo‘ladi. Garchi do‘stlarim bilan yonma-yon ishlash imkonidan mahrum bo‘lsam-da, juda ko‘p sadoqatli, g‘ayratli va malakali insonlar bu barcha muammolarni hal qilishda davom etayotganidan xursandman», - deya yozgan Stamos chorshanba kuni Facebook’dagi o‘z sahifasida.
Mart oyida The New York Times gazetasi Stamos AQShdagi saylovlarga Rossiya aralashuvi bo‘yicha ma'lumotni kengroq ochib berish tarafdori bo‘lgani haqida xabar bergandi. Bu tashabbus uning hamkasblarining qarshiligiga duch keldi.
27 iyul kuni kompaniyani bosh yuriskonsult Kolin Stretch tark etdi. Stamosning ketishi so‘nggi bir necha hafta ichida yuqori lavozimli amaldorning uchinchi iste'fosi bo‘ldi. The Wall Street Journal gazetasi ma'lumotiga ko‘ra, iyun oyida ichki siyosat va kommunikatsiyalar bo‘yicha bosh direktor Eliot Shrage kompaniyadan ketishini e'lon qildi.
Mavzuga oid
20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi
19:05 / 12.12.2024
Meta kompaniyasi Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi
17:10 / 28.11.2024
Mark Tsukerberg Tramp bilan uning Mar-a-Lago qarorgohida uchrashdi
19:42 / 22.10.2024