Sport | 18:08 / 04.08.2018
4844
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning uch grandi bosh murabbiylari oyning eng yaxshisi bo‘lish uchun raqobatlashmoqda

O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oy eng yaxshilarni aniqlash uchun o‘tkazib kelayotgan so‘rovnomasini davom ettiradi.

Mazkur sorovnomada Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa bundan buyon PFL rasmiy saytida bo‘ladigan so‘rovnoma orqali qabul qilinadi. 

Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo‘lib o‘tdi. Shu sababdan Superligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o‘yini tashkil etildi. Shuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so‘rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo‘lar edi.

Shu tariqa, iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uchrashuvlarida o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsata olgan laureatlar aniqlanishi jarayoni boshlandi.

Ortda qolgan 6 ta tur uchrashuvlarida Andrey Fyodorov boshchiligidagi “Lokomotiv” jamoasi 5 g‘alaba va 1 durang qayd etdi. Mirjalol Qosimov ustozligidagi “Bunyodkor” va Shota Arveladze rahbarligidagi “Paxtakor” esa 1 martadan mag‘lub bo‘lishdi.

Qayd etish joizki, Arveladze 4-marta oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar qatoridan o‘rin egalladi. Mirjalol Qosimov hamda Andrey Fyodorov esa hozirga qadar 2 martadan oyning eng yaxshisi bo‘lish uchun da'vogarlar safidan joy olishgan edi.
 
Oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar
Andrey Fyodorov (“Lokomotiv”) – 5 g‘alaba, 1 durang
Mirjalol Qosimov (“Bunyodkor”) – 3 g‘alaba, 2 durang, 1 mag‘lubiyat 
Shota Arveladze (“Paxtakor”) – 4 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Superliganing iyul oyidagi eng chiroyli gollari e'lon qilingandi.

Mavzuga oid