Sport | 11:55 / 11.12.2024
6111
2 daqiqa o‘qiladi

Berdiyev - Superliganing eng yaxshi murabbiyi, Mozgovoy - eng yaxshi futbolchi

PFL 2024 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining eng yaxshilarini e’lon qildi. 

Ro‘ziqul Berdiyev mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 53 yoshli mutaxassis yakunlangan mavsumda «Nasaf» bilan ilk bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. 

Chempion jamoa a’zosi Akmal Mozgovoy esa eng yaxshi futbolchi deb e’tirof etildi. 24 yoshli yarimhimoyachi yakunlangan mavsumda 23 o‘yinda 4 gol va 1 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Akmalning «Lokomotiv» (1:0) darvozasiga qaychi uslubida urgan goli Qarshi klubiga ilk chempionlikni keltirdi.

Barcha nominatsiyalar g‘oliblari:
Eng yaxshi futbolchi — Akmal Mozgovoy («Nasaf») 
Eng yaxshi murabbiy — Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf») 
Eng yaxshi yosh o‘yinchi — Abdug‘ofur Haydarov («Surxon») 

Eng yaxshi legioner — Vladimir Yovovich («So‘g‘diyona») 
Mavsum kashfiyoti — Anvarjon Hojimirzayev («Dinamo») 

Mavsum to‘purari — Dragan Cheran («Paxtakor») 
Eng chiroyli gol muallifi — Marko Milichkovich («Metallurg») 
Eng yaxshi hakam — Shavkat Nasibullayev
Fair Play sovrini — OKMK klubi

Mavzuga oid