Sport | 11:50 / 05.08.2018
25495
2 daqiqa o‘qiladi

Uch marta yiqilish. Kovalyov kutilmaganda yutqazdi va kamaridan mahrum bo‘ldi

Foto: Reuters

Rossiyalik bokschi Sergey Kovalyov kolumbiyalik Eleyder Alvaresga qarshi ringga chiqib, Butunjahon boks tashkiloti (WBO) versiyasi bo‘yicha kamari himoya jangida mag‘lub bo‘ldi.

5 avgustga o‘tar kechasi AQShning Atlantik-Siti shahridagi «Xard-Rok» arenasida o‘tgan boks oqshomida rossiyalik bokschi 3 marta polga quladi, oxirgi qulash nokaut sifatida qayd etildi.

Alvares uchun bu professional faoliyatidagi ilk titul kamari bo‘ldi. U shu vaqtga qadar 24 marta ringga ko‘tarilib, 24 g‘alabaga erishgan.

Ayni vaqtda 35 yoshga chiqqan Kovalyov uchun bu faoliyatidagi uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

O‘zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo‘latov bilan birga hamkorlik qiladigan ushbu bokschi bunga qadar amerikalik Andre Uordga yutqazgandi. U professional ringdagi faoliyatida 32 marta g‘alaba qozongan, shundan 28tasida nokaut qayd etgan.

 

Mavzuga oid