Light | 22:12 / 11.08.2018
39589
3 daqiqa o‘qiladi

Kulgi haqida qiziqarli faktlar

Foto: facte.ru

Barchamiz kulishni yaxshi ko‘ramiz! Hayotda buning uchun sabablar talaygina: latifalar o‘qish, komediya janridagi film tomosha qilish yoki do‘stlar bilan maza qilib hangomalashish mumkin. Kulgi immunitetni oshirib, asab tizimini bir maromga olib keladi, umrni uzaytirib, shubhasiz, kayfiyatni oshiradi, deya hisoblanadi. Odamning ushbu hissiy reaksiyasi haqidagi ajoyib faktlarni jamladik.

Hammaga ma'lum va ilmiy jihatdan isbotlangan fakt: kulgi inson umrini uzaytiradi. Gap shundaki, u kasalliklarimizning asosiy omili – zo‘riqish darajasini pasaytiradi. Kulgi tufayli uning salbiy oqibatlari va depressiya ehtimoli kamayadi. Bir yil davomida kuniga 10 daqiqa kulgi bilan umringizga bir yil umr qo‘shasiz.

Olimlar kulgini tadqiq etishga juda jiddiy kirishgan: uni o‘rganish uchun alohida sohani ham belgilashgan. U gelatologiya deb ataladi.

Kulganimizda bu jarayonda yuzning 80dan ortiq mushaklari ishtirok etadi. Shuning uchun kulgini qarishga qarshi a'lo darajadagi vosita deya atash mumkin. Yuz mushaklarini mashq qildirish ajinlar va yuz shakli o‘zgarishini yengishda yordam beradi.

Kulgining yana bir foydali jihati: garvardlik professorlar tadqiqot o‘tkazib, bu jarayon bizni shamollashlardan asrashini aniqlashdi. Bu kasalliklar ehtimoli 50 foizga kamayadi, chunki o‘pkada qon aylanishi yaxshilanadi. Bundan tashqari, kulgi bronxial astma kasalligi xurujini yengishda ham yordam beradi. Kulgi vaqtida havoning o‘ziga xos harakati a'lo darajadagi profilaktika sanaladi.

Agar ko‘p kulsangiz, bu orqali ozish ham mumkin. Kuniga bor-yo‘g‘i 15 daqiqa davomida kulish oyiga 2 kilogramm vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Foto: facte.ru

Yuqoridagi fikrdan kelib chiqib, 15 daqiqa yordamida kulsangiz, badantarbiya mashqlari o‘rnini bosgan bo‘lar ekansiz. Albatta, har ikkisini bajargan ma'qul!

Shunga qaramay, cheksiz vaqt davomida kulib bo‘lmaydi. Inson organizmi ko‘pi bilan bir soat kulgiga chiday oladi. Bu olimlar tadqiqotlari bilan isbotlangan. Bu 60 daqiqa yordamida xursandchilik quvvatiga ega bo‘lasiz va kaloriyalarni eritasiz.

Bundan tashqari, kulgi ijtimoiy munosabatlarning ajoyib elementidir. Kulgi yordamida o‘z-o‘zimizni himoya qilishimiz, ma'qullash kabi hislarni bildirishimiz mumkin. Kulish orqali suhbatdoshda o‘zimizga nisbatan mehrni uyg‘otamiz va jamiyat bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yamiz.

Mavzuga oid