Pokistonda xudkush Xitoy kompaniyasi xodimlariga hujum qildi
Pokiston janubi-g‘arbida xudkush uyushtirgan hujum oqibatida olti kishi, jumladan uch nafar Xitoy fuqarosi jarohatlandi, deb xabar berdi Xitoyning Karachidagi bosh konsulxonasi.
Konsullikning xabar berishicha, Belujiston viloyatida Xitoy kompaniyasi xodimlariga terrorchilik hujumi uyushtirilgan.
"Hujum natijasida olti nafar kishi, jumladan uch nafar xitoylik xodimlar jarohatlandi", — deyiladi xabarda.
Xitoylik muhandislarni olib ketayotgan avtobus yonida portlovchi modda ortilgan mashina portlatilgan. Jarohatlanganlarning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Xabar qilinishicha, Xitoy Pokiston hukumatidan voqeani sinchkovlik bilan o‘rganishni hamda Xitoy korxonalari va fuqarolari xavfsizligini ta'minlashni talab qilgan.
Mavzuga oid
17:10 / 25.12.2024
Pokiston Afg‘onistondagi nishonlarga havodan zarba berdi
00:15 / 22.12.2024
Pokistonda Imron Xonning 25 nafar tarafdoriga hukm o‘qildi
14:56 / 19.12.2024
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari Pokiston bozoriga olib kiriladi
13:48 / 18.12.2024