Jahon | 14:54 / 12.08.2018
9568
3 daqiqa o‘qiladi

Kaspiy dengizi bo‘yicha beshinchi sammit bugun o‘z ishini boshladi

Foto: Vestnik Kavkaza

Qozog‘istonning Aktau shahri Kaspiy bo‘yicha beshinchi  sammit ishtirokchilarini qarshi olmoqda. V Kaspiy sammiti bugun o‘z ishini boshladi. Tadbir o‘tkazilayotgan maydon egasi, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev yuqori darajali tayyorgarlikni ko‘zdan kechirish maqsadida shaharga ertaroq tashrif buyurdi. Kaspiy "beshligi"ning boshqa mamlakatlari - Rossiya, Turkmaniston, Eron va Ozarboyjon yetakchilari - yakshanba kuni ertalabdan Aktauga tashrif buyurishdi. 

Sammitni o‘tkazish joyi sifatida Aktau shimolidagi Qozog‘iston xalqlari assambleyasining yangi binosi tanlangan. 

V Kaspiy sammitida Kaspiy dengizining huquqiy maqomi  to‘g‘risidagi konvensiya imzolanishi kutilmoqda, biroq uning alohida qoidalariga doir masalalar mavjud. Eng avvalo, Eron, Turkmaniston va Ozarboyjon e'tiroz bildirayotgan Kaspiy janubi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi. 

OAV vakillarini qiziqtirayotgan yana bir mavzu - Kaspiyda bu dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan mamlakatlarning qurolli kuchlari "bo‘lmasligi" tamoyili Konventsiyasining mustahkamlanishi. 

Bundan tashqari, Konventsiya Kaspiydan foydalanishga doir qanday masalalarga butunlay chek qo‘yishi va qandaylarini kelgusida alohida kelishuvlar doirasida oxirigacha ishlash kerakligiga oid muhokamalar ham qizg‘in. 

Qozog‘iston TIV rahbari Qayrat Abdraxmanovning ma'lum qilishicha, Kaspiy dengizining huquqiy maqomi  to‘g‘risidagi konvensiya loyihasi bilan bir qatorda ishtirokchi-mamlakatlar tomonidan to‘qqizta besh tomonlama hujjatni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli muhokama bazasi yaratilgan. Bugun u yana yetti yangi kelishuv bilan to‘lishi kutilmoqda. 

"O‘tgan deyarli chorak asr davomida turli formatlardagi ko‘plab uchrashuvlar va muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Dastlab pozitsiyalar diametral qarama-qarshi va bahsli bo‘lgan bo‘lsa-da, diplomatlik sa'y-harakatlar natijasida Kaspiy dengiziga oid barcha masalalar bo‘yicha konsensusga erishildi. Prezidentlar tomonidan Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi konvensiya loyihasining imzolanishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi", - dedi Qayrat Abdraxmanov. 

Mavzuga oid