Tojikistonda vertolyotning qaltis qo‘nishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi
Tojikiston sharqidagi tog‘da vertolyotning qaltis qo‘nishi oqibatida uch alpinist va ikki nafar ekipaj a'zosi halok bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novosti respublika favqulodda vaziyatlar qo‘mitasiga tayanib.
Halok bo‘lgan alpinistlarning barchasi Rossiya fuqarolari ekanligi aytilmoqda.
Yo‘lovchilardan biri — Dmitriy Kumshayev qutqaruvchilar bilan aloqaga chiqqan. Uning so‘zlariga ko‘ra, halokat yuz bergan joyni ko‘rsatish uchun ular o‘z buyumlarini yoqishgan.
Xabarga ko‘ra, Tojikiston milliy gvardiyasiga tegishli bo‘lgan Mi-8 vertolyoti 4,2 ming metr balandlikda joylashgan lagerdan havoga ko‘tarilishi bilan pastga qaltis qo‘ngan. Alpinistlar Ismoil Somoniy cho‘qqisiga chiqishganidan so‘ng o‘z lagerlariga qaytayotgan bo‘lishgan.
Vertolyot yo‘lovchilarining aksariyati rossiyaliklar bo‘lgan. Shuningdek, guruhda bir nafar belorus va bir nafar ispan bo‘lgani aytilmoqda.
Hodisa sabablarini o‘rganish uchun maxsus tergov guruhi tuzilgan. Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining bildirishicha, hodisaga kuchli shamol va ko‘rish imkoniyatining yomonligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
16:57 / 10.12.2024
Top Gear ijodiy jamoasi O‘zbekistonda o‘z dasturini suratga oldi
11:30 / 05.12.2024