Jahon | 12:57 / 14.08.2018
23045
1 daqiqa o‘qiladi

Yashash uchun eng qulay shaharlar ma'lum qilindi

Vena/Foto: Fotolia

Britaniyaning The Economist jurnali Global Liveability Ranking 2018 reytingini tuzib chiqdi, unda yashash uchun eng qulay shaharlar ma'lum qilindi.

Reytingning birinchi o‘rnini Avstriya poytaxti Vena egalladi, ikkinchi pog‘onadan Avstraliyaning Melburn shahri, uchinchi o‘rindan Yaponiyaning Osaka shahri joy oldi.

Shuningdek, birinchi o‘ntalikka Kalgari (Kanada), Sidney (Avstraliya), Vankuver (Kanada), Tokio (Yaponiya), Toronto (Kanada), Kopengagen (Daniya) va Adelaida (Avstraliya) kirdi.

Yashash uchun eng yomon sharoitlarga ega shahar sifatida Suriya poytaxti Damashq tilga olindi.

Reyting sog‘liqni saqlash darajasi, madaniy rivojlanish, atrof-muhit tozaligi, ta'lim va infratuzilmaning rivojlanganlik darajasini o‘z ichiga olgan bir nechta ko‘rsatkichlar asosida tuzildi.

Mavzuga oid