Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi
2018 yil 14 avgust kuni Xalq deputatlari Uychi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qildi.
Uni Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati Fazliddin Muhiddinov olib bordi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a'zosi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqdi. 2017 yildan Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Muxammadayubxo‘ja Po‘latovich Apaqov Uychi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, viloyat hokimining shu haqdagi qarori sessiyada bir ovozdan tasdiqlandi.
Muxammadayubxo‘ja Apaqov bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirib, Uychini viloyatdagi yetakchi tumanlar safiga olib chiqishga va'da bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uychi tumani hokimi A.Turdiyev, tuman prokurori B.Abduraximov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i R.Usubjonov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i R.Ataxanov egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
11:26
Tuman va shaharlar hokimliklariga qo‘shimcha ma’muriy vakolatlar beriladi
07:34
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
14:21 / 21.12.2024
Hokimlar va futbol. Yil boshidagi maqsad va xarajatga yarasha qanday natijaga erishildi?
20:18 / 30.11.2024