Sport | 11:40 / 16.08.2018
19993
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya klubi futbolchilar o‘rniga echkilar sotib oldi

Turkiyaning «Gulspor» klubi yoshlar tarkibidagi 18 nafar futbolchini sotib yubordi va olingan pullarga 10 bosh echki sotib oldi. Bu haqda Tribune Dergi Twitter-akkauntida xabar qilinadi.

Foto: Cnnturk

Manba ma'lumotiga ko‘ra, jamoa rahbariyati sut sotishdan taxminan besh ming turk lirasi (727,8 yevro) olishni rejalashtirmoqda. Ta'kidlanishicha, barcha mablag‘lar klubning birinchi navbatdagi ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.

«Gulspor» prezidenti Kenan Buklebebning CNN’ga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, bu holatda jamoaning manfaatlarini ko‘zlagan. «Bizda ko‘proq daromad bo‘ladi. Biz jamoaning manfaatlari yo‘lida harakat qildik, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqarishiga hissa qo‘shdik», - deya qayd etib o‘tdi u.

Foto: Cnnturk

18 futbolchi klubning byudjyetiga 15 ming lira (taxminan 2,2 ming yevro) olib keldi. «Gulspor» Turkiyaning quyi divizionlarida o‘ynaydi.

Mavzuga oid