Tesla sobiq xodimi kompaniyani narkotrafikda ayblamoqda
Tesla kompaniyasi xavfsizlik xizmati sobiq xodimi AQSh qimmatli qog‘ozlar va birja Komissiyasi (SEC)ga shikoyat yubordi. Unga ko‘ra, Tesla Nevada shtatida joylashgan kompaniyasidagi jinoiy harakatlarga befarq qaragan. Bu haqida New York Post nashri xabar bermoqda.
Karl Xansenni himoyalovchi Meissner Associates yuridik firmasi bayonotida Tesla Gigafactory zavodidagi ayrim xodimlarning narkotik savdosi bo‘yicha ishtiroki to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishdan bosh tortganligi haqida yoziladi. Shuningdek, kompaniya rahbari Ilon Mask xodimlarning telefon qo‘ng‘iroqlari va kompyuterlarini shaxsan nazorat qilganligi aytilmoqda.
Tesla rahbariyati shikoyatdagi ayblovlar asossiz ekanligini izohladi. “Qo‘yilgan ayblovlar asossiz, shuning uchun qo‘shimcha surishtiruv ishlarini amalga oshirilishini talab qilamiz. Olingan ma'lumotning aniq manbasini aniqlash kerak”, - deya axborot berdi Tesla vakili.
Mavzuga oid
20:59 / 20.12.2024
Tesla kompaniyasi nosozlik tufayli 700 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi
18:14 / 11.12.2024
“Haydovchisiz taksilar” - Tesla robotaksisi qanday ishlaydi?
17:25 / 03.12.2024
Sud Tesla kompaniyasiga Ilon Maskka 56 mlrd dollar to‘lashni taqiqladi
19:34 / 20.11.2024