Jamiyat | 15:35 / 24.08.2018
5479
1 daqiqa o‘qiladi

Shakar olib berishni aytib, 19 million pullarni o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Navoiy viloyatining Karmana tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 27 iyul kuni shu tumanda yashovchi M.N. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu yil may oyida vaqtincha Karmana tumanida yashovchi muqaddam sudlangan L.B. ismli ayol unga Xorazm viloyatidan arzon narxda shakar mahsulotlarini keltirib berishini aytib, aldov yo‘li bilan 19 mln. so‘m pullarini olib, bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan L.B. ushlangan.

Mavzuga oid