O‘zbekiston | 13:04 / 25.08.2018
11641
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«AMILOV» va Belorussiya «Kommunarka» qandolatchilik fabrikalari qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish buyicha hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolashdi

2018 yilning 24 avgustida O‘zbekiston va Belarus Respublikalari hukumatlararo komissiya doirasida «AMILOV» qandolatchilik fabrikasiga O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari N.S. Otajonov va Belarus Bosh vaziri o‘rinbosari M.M. Rusiy tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrifda O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi N.S. Yusupov, O‘zbekistonning Belarusdagi Favqulodda va Muxtor elchisi L.A. Marinich, Belarus Respublikasi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi Vaziri o‘rinbosari V.V. Grakun, «O‘zbekoziqovqatxolding» XK boshqaruvi raisi o‘rinbosari A.X Salimov, «Kommunarka» OAJ bosh direktori I.I. Danchenko va Belarus Respublikasi hukumati va ishbilarmonlik doiralarining boshqa vakillari ishtirok etdilar.

Foto: AMILOV

Delegatsiya vakillari tashrifi doirasida «AMILOV» qandolatchilik fabrikasi va «Kommunarka» OAJ o‘rtasida qandolat mahsulotlarini hamkorlikda ishlab chiqarish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Foto: AMILOV

Kelajakda «Kommunarka» OAJ va «AMILOV» qandolatchilik fabrikasi o‘rtasida «Kommunarka» OAJga qarashli bo‘lgan mahsulot belgilaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya shartnomalarini tuzish orqali hamkorlik o‘rnatish yulga qo‘yildi. O‘zbekiston «AMILOV» qandolat fabrikasi o‘zining keng turdagi mahsulotlari bilan Belarus Respublikasi va MDHning boshka davlatlarining ichki bozoriga kirib kelish niyatida.

Foto: AMILOV

Belarus Respublikasi delegatsiya vakillari«AMILOV» qandolatchilik fabrikasiga tashrifi chog‘ida fabrikaning ishlab chiqarish quvvati va uskunalariga yuqori baho berib, Yevropa va MDH davlatlari fabrikalaridan qolishmasligini aytib o‘tdi. Shuningdek, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha «AMILOV» fabrikasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi.

Foto: AMILOV

«Kommunarka» OAJ – Belarus Respublikasidagi yirik qandolatchilik fabrikalaridan biridir.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid