Sport | 17:44 / 25.08.2018
7224
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. Jiu-jitsuchilar yana medalsiz qolishdi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Bugun, 25 avgust kuni Osiyo o‘yinlariga yo‘l olgan O‘zbekiston jiu-jitsu jamoasining yana 3 vakili bahslarda qatnashishdi.

Avvaliga -62 kg vazn toifasida Jahongir Mirahmedov nimchorak finalda BAA vakili Sakl Almarzuiga 0:100 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Nimchorak final doirasida O‘zbekiston jamoasining -62 kg vazn toifasidagi yana bir vakili Rahimjon Subxonov qirg‘izistonlik Alimgeldi Abdijamil Uuluga 0:2 hisobida yutqazdi.

-94 kg vazn toifasidagi Ilhom Jo‘rayev esa nimchorak finalda falastinlik Hasan Muhammadga qarshi kurashishi kerak edi, ammo raqib jangga chiqmadi va Jo‘rayev avtomatik ravishda chorak finalga yo‘l oldi.

Ilhom Jo‘rayev chorak finalda kuvaytlik Emad Alsumaidni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi. Ammo u yarim finalda iordaniyalik Sami Zaidga yutqazdi. 

Shundan so‘ng Ilhom Jo‘rayev bronza medali uchun jangga chiqdi. Qozog‘istonlik Rizan Maxachevga qarshi bo‘lgan bahsda u 4:4 hisobidagi durangni qayd etgandi. Ammo, faollik evaziga g‘alaba raqibga berildi.

24 avgust kuni ham o‘zbekistonlik 4 nafar jiu-jitsuchi o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishgandi. Ammo ularning hech biri medal ololmagandi.

Mavzuga oid