Sport | 15:58 / 02.12.2021
13531
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki jiu-jitsu ustalari O‘zbekiston tarixidagi ilk jahon chempionlariga aylanishdi

BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o‘smirlar o‘rtasida Jiu-jitsu sporti bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasining ikki vakili mamlakat tarixida ilk marta ushbu sport turi bo‘yicha jahon chempioni degan nomni qo‘lga kiritishdi.

Kulrang belbog‘li sportchilar o‘rtasida -27 kg vaznda Umar Alavuddinov qozog‘istonlik, mahalliy va rossiyalik raqiblarni yengib finalda suriyalik sportchini mag‘lubiyatga uchratdi va jahon chempioni bo‘ldi.

-50kg vaznda esa Damir Ahmadulin saralash bosqichida Misr va Suriya vakillarini, yarim final va finalda esa mezbonlar vakillarini mag‘lub etib jahon chempioni degan nomni qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, ushbu ikki sportchi ham Top Team Uzbekistan akademiyasi tarbiyalanuvchilari sanaladi. O‘zbekiston tarixidagi ilk jahon chempionlariga Rizo Safarov va Siroj Rustamov murabbiylik qiladi.

Mavzuga oid