Light | 16:31 / 25.08.2018
28084
1 daqiqa o‘qiladi

Oziq-ovqat mahsulotlari orasidagi «eng zararlisi» ma'lum qilindi

Foto: Shutterstock

Frayburg universitetining Onkologik kasalliklar profilaktikasi va epidemiologiyasi instituti direktori va Garvard professori Karin Mixelsning ma'lum qilishicha, kokos moyi «haqiqiy zahar» hisoblanadi. Bu haqda Business Insider yozmoqda.

Professor Frayburgdagi ma'ruza chog‘ida kokos moyi ovqat tarkibida iste'mol qilinsa, u qanday zarar keltirishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi. Uning ma'lum qilishicha, bu «yeyish mumkin bo‘lgan eng yomon mahsulotlardan biri hisoblanadi».

Mixelsning ta'kidlashicha, kokos moyining 80%dan ko‘prog‘i to‘yingan yog‘lardan iborat - bu cho‘chqa go‘shtidan ikki barobar, mol go‘shtidan esa 60 foizga ko‘proq degani. Uning qayd etishicha, kokos moyi «yomon xolesterin» miqdorini oshiradi (LPNP - past zichlikdagi lipoproteinlar). Uning ortib ketishi yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi.

Mavzuga oid