Jahon | 21:55 / 26.08.2018
4609
2 daqiqa o‘qiladi

Mnangagva Zimbabve prezidenti sifatida qasamyod keltirdi  

Foto: AP

Iyulda Zimbabveda o‘tgan prezident saylovlarida g‘olib bo‘lgan Emmerson Mnangagva mamlakatning yangi prezidenti sifatida qasamyod keltirdi. Bu haqda mahalliy Mail nashri ma'lum qildi. 

Prezident inauguratsiyasi 26 avgustda poytaxt Xararedagi bosh stadionda o‘tdi. Unda Afrika davlatlari yetakchilari, jumladan JAR prezidenti Siril Ramafosa, Kongo Demokratik Respublikasi prezidenti Jozef Kabila, Zambiya prezidenti Edgar Lungu, Lesoto bosh vaziri Pakalita Mosisili va Afrika ittifoqi raisi, Ruanda prezidenti Pol Kagame mehmonlar sifatida ishtirok etishdi. 

Mnangagva yig‘ilganlar oldida davlat rahbari qasamyodini keltirdi va “Zimbabvega sodiq bo‘lish, mamlakatning konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga amal qilish hamda xalq manfaatlarini himoya qilishga” va'da bergan. 

2017 yil noyabr oxirida Zimbabve prezidenti lavozimidan 30 yillik boshqaruvdan keyin harbiylar bosimi ostida 93 yoshli Robert Mugabe iste'foga ketdi. U mamlakatni 1987 yil 31 dekabrdan 2017 yil 21 noyabrgacha boshqargan. Uning o‘rnini saylovlar o‘tkazilgungacha Mnangagva egallagan.

Mavzuga oid