Sport | 16:44 / 28.08.2018
8309
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. Yana ikki o‘zbekistonlik kurashchi yarim finalda. 6 medal naqd

O‘zbekiston milliy kurash sporti jamoasining 6 nafar vakili Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi.

O‘zbekiston jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Gulnora Sulaymonova ishtirokini saralash bosqichidan boshladi. U dastlabki raqibi, indoneziyalik Maya Sari Sembiringni osonlik bilan mag‘lub etdi va nimchorak finalga chiqdi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Keyingi bosqichda uning raqibi qozog‘istonlik Akjo‘l Kayipxan bo‘ldi. Sulaymonova bu raqibini ham 10:0 hisobida taslim etdi.

Chorak finalda esa u mo‘g‘ulistonlik Gerelma Erdenetsogtni 10:0 hisobida yengdi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi u final yo‘llanmasi uchun hindistonlik Yadhav Malaprabha Yallappaga qarshi gilamga chiqadi.

-52 kg vazn toifasidagi Oysuluv Abdumajidova esa bahslarga nimchorak finaldan kirishdi. U dastlab turkmanistonlik Anastasiya Makeyevaga qarshi gilamga chiqib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Chorak finalda esa eronlik Tahira Azarpayvand bilan bellashgan o‘zbekistonlik sportchi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritib (5:0), yarim finalga chiqdi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Endi Abdumajidova final yo‘llanmasi uchun hindistonlik  Pinski Balhara bilan bellashadi.

Bungacha -66 kg vazn toifasi vakillari Ma'ruf G‘aybulloyev va Ruslan Bo‘riyev, +90 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Muhsin Hisomiddinov va Nurbek To‘rayev ham yarim final ishtirokchilariga aylandi. Bu esa yarim final bellashuvlaridan oldin O‘zbekiston jamoasi 6 medalni naqd qilganini anglatadi.

Mavzuga oid