Osiyo o‘yinlari. Shunqor Abdurasulov ham yarim finalga chiqdi
O‘zbekiston boks jamoasining yana bir vakili Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi.
-60 kg vazn toifasida turnirga tashrif buyurgan Shunqor Abdurasulov chorak final jangini qirg‘izistonlik Qodirbek Argen uluga qarshi o‘tkazdi va g‘alabaga erishdi.
Abdurasulov raqibini 3:2 (28:27, 28:27, 27:28, 27:28, 28:27) hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Endi uning yarim finaldagi raqibi tailandlik Juntrong Rujakran bo‘ladi. Yarim final jangi 31 avgust kuni o‘tkaziladi. Bu bokschi chorak finalda indoneziyalik Papendang Farrandni 5:0 hisobida mag‘lub etgan.
Biroz oldinroq O‘zbekiston jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Jasurbek Latipov indoneziyalik Suguro Aldomsni 4:1 hisobida yengib, yarim finalga chiqqandi.
Bugun o‘zbekistonlik yana bir bokschi, -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov chorak final jangini o‘tkazadi. Uning yarim final yo‘lidagi raqibi janubiy koreyalik Lim Hyunchul bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024