Samarqand viloyat IIB aholi o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazmoqda
Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi aholining ichki ishlar organlariga nisbatan fikrini o‘rganish maqsadida, ijtimoiy tarmoqlar orqali ijtimoiy so‘rov o‘tkazmoqda. Bu haqda Kun.uzʼga viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu ijtimoiy so‘rovni o‘tkazishdan maqsad — aholining viloyat ichki ishlar organlari faoliyatiga nisbatan fikr-mulohazalarini o‘rganish bilan bir qatorda, so‘rov natijalaridan kelib chiqqan holda, kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan aniq va maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish hamdir.
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi fuqarolardan ijtimoiy so‘rovda faol ishtirok etishini va bu orqali viloyatda tinchlik, osoyishtalik ta'minlanishi va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda o‘z hissasini qo‘shishni so‘ramoqda.
Ijtimoiy so‘rovda qatnashish uchun ushbu havolaga o‘tish kerak.
Shuningdek, viloyat IIB “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida ham o‘zining rasmiy kanalini ochdi.
Ushbu rasmiy kanalda viloyat ichki ishlar organlarining faoliyati, jumladan, viloyatda sodir bo‘layotgan kunlik jinoyat va hodisalar haqidagi qisqacha ma'lumotlar, o‘tkazilayotgan tadbirlar, jinoyatchilikning ba'zi tahliliy statistikalari, viloyat IIB Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan turli video hamda media materiallar va boshqa muhim, qiziqarli yangiliklar fuqarolar e'tiboriga muntazam ravishda havola qilib boriladi.
Mavzuga oid
17:35 / 02.12.2024
So‘rovnoma: Uyni isitishga necha pul sarflaysiz?
17:03 / 29.10.2024
Yevropaliklar uy-joyga pul to‘lash uchun oziq-ovqat xarajatlarini kamaytirishga majbur bo‘lmoqda - so‘rovnoma
20:31 / 14.10.2024
Rossiya aholisi mamlakatdagi migrantlar sonini juda ko‘p deb hisoblamoqda
17:04 / 04.09.2023