Rossiya aholisi mamlakatdagi migrantlar sonini juda ko‘p deb hisoblamoqda
So‘rovda ishtirok etganlarning 80 foizi shunday fikrga ega. Yil davomida bu javobni berganlarning ulushi 21 foizga oshgan.
Ishga qabul qilish bo‘yicha onlayn hh.ru platformasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning aksariyati o‘z hududida juda ko‘p migrantlar yashaydi, deb hisoblamoqda. Bu haqda RBK yozdi.
Qayd qilinishicha, so‘rovda ishtirok etganlarning 80 foizi shunday fikrga ega. Yil davomida bu javobni berganlarning ulushi 21 foizga oshgan.
Ko‘pincha, to‘rtta faoliyat sohasi bo‘yicha ishtirokchilar shu tarzda javob bergan:
- transport va logistika – 92 foiz;
- avtobiznes – 91 foiz;
- xavfsizlik — 89 foiz;
- qurilish – 85 foiz.
So‘rov 2024 yil sentabr oyida o‘tkazilgan bo‘lib, unda 3 mingga yaqin kishi ishtirok etgan.
So‘rov ishtirokchilarining 12 foizi mamlakatdagi mehnat migrantlari sonini yetarli deb hisoblaydi. Yana 4 foizi ularning sonini ko‘paytirish tarafdori bo‘lgan. Qoidaga ko‘ra, IT-mutaxassislari, shuningdek, marketing, chakana savdo, turizm, umumiy ovqatlanish va xomashyo qazib olish sohalari ishchilari shunday deb o‘ylamoqda.
Migrantlar asosan sharoitlar mahalliy aholi uchun mos bo‘lmagan ishlarga jalb qilinmoqda - bu 58 foiz ishtirokchining fikri. 59 foiz ishtirokchi ish beruvchilar mehnat migrantlarini ishlatishdan manfaatdor, deb hisoblamoqda. Yarmi migrantlarni yollash foydaliroq, chunki Rossiyada ularning huquqlarini himoya qilish qiyinroq, degan fikrda.
So‘rov ishtirokchilarining deyarli uchdan ikki qismi (62 foizi) mehnat migratsiyasi Rossiya hududlari uchun zararli, deb hisoblaydi. Faqat 13 foizi bu holatda foyda haqida gapiradi. Bundan tashqari, 56 foizi migrantlar mahalliy aholi to‘ldirishi mumkin bo‘lgan ishlarni egallab olgan, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, rossiyaliklarning 39 foizi ularning o‘rnini egallashga tayyor, 28 foizi bunga tayyor emas.
Mavzuga oid
17:57
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
17:17
AQSh rekord sondagi O‘zbekiston fuqarolarini deportatsiya qildi
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
23:49 / 20.12.2024