Sport | 12:52 / 01.09.2018
14166
2 daqiqa o‘qiladi

Boksda ikkinchi oltin. Miraziz Mirzaxalilov finalda KXDR vakilini texnik nokautga uchratdi

O‘zbekiston boks jamoasi Osiyo o‘yinlarida ikkinchi oltin medalni rasmiylashtirdi.

-56 kg vazn toifasidagi final jangida Miraziz Mirzaxalilov shimoliy koreyalik Jo Xyo Namga qarshi chiqdi.

Mirzaxalilov 3-raundda raqibni tang ahvolga solib qo‘ydi va shimoliy koreyalik bokschi jangni davom ettira olmadi, referi texnik nokaut qayd etdi. Shu paytgacha to‘plangan ballar bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchi g‘olib deb topildi - 19:19, 19:19, 20:18, 19:19, 19:19.

Mirzaxalilov Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Bu O‘zbekiston boks jamoasining ikkinchi oltin medali bo‘ldi va O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi oltin medallari soni 17taga yetdi.

Oldinda yana 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi:
-60kg: Shunqor Abdurasulov - Tsendbaatar Yerdenebat (Mo‘g‘uliston)
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston)
-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozog‘iston)

Mavzuga oid