Boks. Jasurbek Latipov ilk oltinni rasmiylashtirdi
2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston boks jamoasi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi.
-52 vazn toifasida final jangida ringga ko‘tarilgan Jasurbek Latipov filippinlik Ladon Rogenga qarshi jang qildi.
Ikkinchi raundda filippinlik bokschi jarohat tufayli jangni davom ettira olmadi. Hakamlar ochkosiga ko‘ra Jasurbek Latipov g‘olib deb topildi - 3:1 (20:18, 19:19, 18:20, 20:18, 20:18). U Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.
Uning oltin medali O‘zbekiston delegatsiyasining 16-oltin medaliga aylandi.
Oldinda yana 5 o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi:
-56kg: Miraziz Mirzahalilov - Xyo Nam Jo (Shimoliy Koreya)
-60kg: Shunqor Abdurasulov - Tsendbaatar Yerdenebat (Mo‘g‘uliston)
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston)
-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozog‘iston)
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024