Jahon | 15:40 / 06.09.2018
15921
3 daqiqa o‘qiladi

OAV: Britaniya Rossiya razvedkasining «bemalol» harakat qilayotganidan tashvishda

Foto: Daily Telegraph

Buyuk Britaniyada asab-falajlovchi modda bilan yuz bergan zaharlash holatidan so‘ng Rossiya razvedkasi butun dunyo bo‘ylab tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadida «bemalol» harakat qilmoqda, deya ogohlantiradi Uaytxolldagi (Birlashgan qirollik hukumati) manbalar. Londonning fikricha, ro‘y bergan zaharlash hodisasida Moskvaning qo‘li bor. Bu haqda Britaniyaning Daily Telegraph gazetasi yozmoqda.  

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ma'lum qilishicha, Solsberida GRU sobiq zobiti Sergey Skripalni zaharlashga aloqadorlikda ayblanayotgan shaxslar GRU xodimlari sanaladi. Gazetaning yozishicha, Meyning fikricha, GRU Skripalga hujumni rossiyalik boshqa razvedkachilarga «xabar yo‘llash» maqsadida rejalashtirgan.

Dauning-stritdan va'da qilishlaricha, GRU tarmog‘ini «buzib tashlash» uchun barchasi qilinadi, deya ta'kidlanadi materialda. Shuningdek, Londondan Rossiyaga qarshi keyingi sanksiyalar va javob choralari haqida ogohlantirishgan, deb yozmoqda gazeta.

Uaytxolldagi manbalarning fikricha, GRU «jazosiz qolish hissi bilan» harakat qilmoqda. Shuningdek, bildirishlaricha, harbiy razvedkada shunga o‘xshash operatsiyalarga «ishtaha paydo bo‘ldi».

«Kreml bunday bemalol harakat qila olmasligini tushunishi kerak. Rossiya o‘zlari nima qilayotgan bo‘lsa, bunga narx to‘lashi kerakligini anglab yetishi lozim», - deya aytib o‘tdi Britaniya hukumatidagi manba.

2006 yilda zobit Sergey Skripal josuslikda ayblanib Rossiyada sudlangan edi, keyin u 2010 yilda AQSh bilan mahbuslar almashinuvi davomida ozod qilindi. Shundan keyin u Buyuk Britaniyaga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tdi, Angliyaning Solsberi shahrida yashadi. 2018 yil mart oyida Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani hushsiz holatda topishdi. Britaniya politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, ularga «Novichok» asab-falajlovchi modda yordamida hujum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Viktoriya Skripal Rossiyadagi har uchinchi odam Skotland-Yard qidirayotgan shaxslarga o‘xshashini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid