Iqtisodiyot | 09:42 / 11.09.2018
5215
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroosiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda filiallar ochishni rejalashtirmoqda

Foto: Finmarket

Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) O‘zbekistonda vakolatxona ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, mamlakatga sarmoyalar hajmini ko‘paytiradi, deya xabar beradi Sputnik.

«O‘zbekiston hali bizning bankimiz a'zosi emas, bu hukumat qarori bo‘ladi. Ushbu jarayon bizning vakolatlarimizga kirmaydi. O‘zbekistonda vakolatxonani ochish rejalari bor, biz ushbu mamlakat hududida loyihalarni rivojlantirishga faol ravishda sarmoya kiritamiz. Biz, albatta, u yerda agrar sohada, sanoatda, qazib olish sohalarida ishlashni istaymiz», - dedi YeOTB boshqaruvi raisi Andrey Belyaninov.

Belyaninov xalqaro hamkorlik masalalari mavzusini davom ettirib, Xitoy hozircha YeOTBga a'zo bo‘lish istagini bildirmaganini qo‘shimcha qilib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Osiyodagi boshqa eng yirik davlat - Hindiston bilan hamkorlik boshlanishiga YeOIIdan investorlarning ushbu mamlakat ishbilarmonlari bilan o‘zaro tajribasi yetishmasligi to‘sqinlik qilmoqda.

Mavzuga oid