Jamiyat | 16:58 / 11.09.2018
10548
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ijtimoiy tarmoq orqali xotinini haqoratlagan erga qarshi jinoiy ish ochildi

Toshkentda xotinini internetda sharmanda qilgan erga qarshi jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bergan.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 35 yoshli A.B rafiqasi N.R bilan janjallashib qolgach, ijtimoiy tarmoqqa kirib, uning nomidan sahifa ochgan va sahifaga bo‘lmag‘ur postlar joylashtirgan.
 
Shundan so‘ng N.R eri A.B.ni militsiyaga berib yuborgan.

Ayni vaqtda A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi alomatlari bilan ish ochilgan. Endi unga 2 yillik axloq tuzatish ishlari jazosi tahdid solmoqda. Yoki u 37 million so‘mga yaqin jarima to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Mavzuga oid