Jahon | 00:54 / 12.09.2018
33334
3 daqiqa o‘qiladi

Jangchi Nurmagomedov va repper Timati o‘rtasida mojaro paydo bo‘ldi

9 sentabr kuni Timatiga tegishli Black Star musiqiy leybli ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlar sababli o‘zining ikki artisti - Yegor Krid va MC Doni’ning Dog‘istonda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan konsertlarini bekor qildi. Kontsertlarni boykot qilish haqidagi chaqiriqlarning aksariyatini MMA jangchisi Habib Nurmagomedov bilan bog‘lashmoqda.

Shou bekor qilinganidan so‘ng Timati Habibning konsertlarga bormaslik haqidagi chaqiriqlarini «ahmoqona» deb atagan bo‘lsa, sportchi «unga nima qilish kerakligini qandaydir shaytonlar o‘rgatmasligi lozimligini» yozdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi chaqiriqlar 
Sentyabr boshidan beri Yegor Kridning Instagramdagi sahifasidagi postlariga agarda u Mahachqalaga keladigan bo‘lsa nogironga aylanishi va hattoki o‘lishi mumkinligi yozilgan izohlar paydo bo‘la boshladi. «VKontakte»ning dog‘istonliklar hamjamiyatlarida uning konsertiga bormaslik haqida chaqiriqlar tarqaldi.  

So‘nggi lahzalarda Black Star Yegor Krid (9 sentabr Mahachqala) va MC Doni (8 sentabr Kaspiysk)ning konsertlari «joylardagi notinch vaziyat» va «odamlarning xavfsizligi nuqtai nazaridan» bekor qilinganini bildirdi. So‘ngra Habib «Katta yo‘qotish emas» deya post yozib qoldirdi. 

Habib tufayli konsertlar qoldirilgani borasidagi bahs

10 sentabr kuni Timati Instagramdagi videomurojaatida konsertlarning bekor qilinishi Nurmagomedov bilan bog‘liq ekanligini bildirdi.
U Habibning sahifasida dog‘istonliklar qanday qo‘shiqlar eshitishlari kerakligi haqidagi maslahatlarga duch kelganini, ammo moskvalik ijrochilar bilan mahalliy artistlar repertuari nimasi bilan tubdan farq qilishini tushunmaganini aytdi.

Nurmagomedov esa bundan buyon ham o‘zini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha fikr bildirishda davom etishini yozdi. Jangchi Timati yoki Krid nomini tilga olmadi, ammo Dog‘iston erkaklariga respublika kelajagi uchun «allaqanday jo‘jaxo‘rozlar emas», aynan ular javobgar ekanliklarini eslatib o‘tdi.

Nurmagomedov Dog‘iston xalq majlisining faxriy deputati hisoblanadi. Sportchi muhim voqealar: masalan, respublikada jinoyatchilikning o‘sishi, mintaqadagi politsiyaning qilmishlari haqida o‘z fikrini bildirgan.

Timati esa Dog‘istonda bir necha marta konsert bergan. U 2014 yilda Chechenistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘lgan. Respublika prezidenti Ramzan Qodirov uni o‘z inisidek ko‘rishini bildirgan.

Mavzuga oid