Freedom Finance rahbari O‘zbekistondagi o‘zgarishlardan juda xursand
Freedom Finance xalqaro investitsiya kompaniyasining direktorlar kengashi asoschisi va raisi Timur Turlov O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlardan juda xursand ekanini ma'lum qildi.
"So‘nggi yil ichida O‘zbekistonda ro‘y bergan o‘zgarishlardan juda xursandman. O‘zgarishlar ancha umidli", - dedi Turlov Toshkentdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etar ekan.
Kompaniya joriy yilda Toshkent shahrida o‘zining birinchi ofisini ochdi va butun mamlakat bo‘ylab tarmoqni kengaytirishga doir ishlarni davom ettiradi.
"O‘zbekiston bozori sobiq sovet ittifoqi hududidagi eng ochiq bozor, desam adolatli bo‘ladi. Bu kirib borish, texnologiyalar, bilimlar va ko‘nikmalarni kengaytirish uchun juda yaxshi nuqtadir. Bozor bundan-da rivojlanib ketgan taqdirda bunday ishtiyoq va qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘la olamiz, deb o‘ylamayman. Biz ko‘rayotgan trend fond bozorini rivojlantirish va yordam berishga tayyorlikka doir juda yuqori siyosiy qiziqishni namoyon qilmoqda", - deya ta'kidladi Turlov.
Kompaniya rahbari O‘zbekistonda ro‘y bergan o‘zgarishlar katta hurmatga loyiq ekanini qayd etdi. "Biroz vaqt ilgari bunday o‘zgarishlar bo‘lishi xayolga ham kelmagan, ayniqsa, bu ularning bu qadar tez ro‘y berishi. Ehtimol, shunday bo‘lishi ham kerakdir. Ularning bu qadar tez sodir bo‘layotgani juda zo‘r, albatta", - qo‘shimcha qildi u.
Uning fikricha, O‘zbekiston biznes doirada eng ijobiy umidlar va investitsiyalar kiritish uchun ajoyib imkoniyatdir. "Hamma joyda ham odamlar ijobiy o‘zgarishlarga bu qadar ishonch bilan qarashmaydi. Bu tez orada o‘z salohiyatini ochishi kutilayotgan ulkan mamlakat", - dedi Turlov.
Freedom Finance – xususiy sarmoyadorlarni Qozog‘iston, Rossiya, AQSh va Yevropa fond bozorlariga kirish imkoni bilan ta'minlovchi Markaziy Osiyodagi yetakchi investitsion broker. Kompaniya Rossiyada 36 ofisdan iborat tarmoq, Qozog‘istonda - 16 vakolatxona, shuningdek Kiyev, Toshkent va Bishkekda o‘z ofislarini barpo etgan.
Kompaniya mijozlar soni bo‘yicha Qozog‘istonda - birinchi (49 mingdan ziyod), RFda - to‘qqizinchi o‘rinni (24 mingdan ortiq) egallaydi. Rossiyada Freedom Finance shu nomli bank, Freedom24 aksiyalari chakana internet-magazini hamda Nettrader kompaniyasiga ega.
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024