Light | 13:48 / 17.09.2018
20735
4 daqiqa o‘qiladi

G‘aroyib Kamchatka: u yerda nima bilan mashg‘ul bo‘lish mumkin?

Foto: Instagram/medvedevphoto

G‘aroyib Kamchatkani Rossiyaning boshqa mintaqalari bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Bu yerda issiq buloqlar, ko‘plab daryo va ko‘llar, shuningdek, yuzlab vulqonlar bor.

Foto: Instagram/medvedevphoto

Shimoli-sharqdan Kamchatkani Bering dengizi, g‘arbdan – Oxota, janubi-sharqdan esa Tinch okeani yuvib turadi. Dengiz ustidagi muz yarim yildan ortiq turadi.

Foto: Instagram/medvedevphoto

Albatta, tabiatning xilma-xilligi o‘lkani turizm uchun jozibali maskanga aylantiradi. Bu yerda turizmning bir necha: suv, ekoturizm, ov va baliq tutish, tog‘ chang‘isi sporti, alpinistlik, vertolyot va qorda yuruvchi moslamalardagi ekskursiya kabi turlari rivojlangan. Ularning har birini batafsil ko‘rib o‘tamiz.

Foto: Instagram/medvedevphoto

Vulqonga ko‘tarilish

Kamchatka vulqonlari uni butun dunyoga mashhur qildi. Bu yerda ularning soni – 160 ta. “Tirik” vulqonlar – kishini hayratga soladigan manzara, hayvon va o‘simliklarning xilma-xilligi, tepaliklarda qotgan lava va muzliklar joylashgan. Uxlayotgan vulqonlar ham qiziqarli. Ko‘tarilish uchun yaxshi jismoniy tayyorgarlik va foydali jihozlarga ega bo‘lish lozim. Bundan tashqari, professional gidsiz otlanish mumkin emas. Ko‘tarilish uchun eng qulay vaqt:mart – oktabr.

Foto: Instagram/medvedevphoto

Dengiz bo‘ylab sayohat

Turizmning bu turi ham juda keng tarqalgan. Yarim orol dengizlari sayohatlar uchun juda qiziq. Bu mashg‘ulot uchun eng qulay vaqt: may-oktabr.

Avachinsk ko‘rfazi bo‘ylab sayrga otlanganda “Uch aka-uka” qoyasini ko‘rishingiz, okeanning suvlariga chiqishingiz, omadingiz kelsa, kasatkalarni uchratishingiz mumkin.

Foto: National Geographic

Ovchilik va baliqchilik

Bu yerda yirik turdagi ayiqlar bor. Uni yilda ikki marta – bahor hamda kuzda ovlash mumkin. Ovning eng murakkab turi – qor qo‘yini ovlashdir. Buning uchun yaxshi sport tayyorgarligiga ega bo‘lish lozim.

Kamchatkadagi baliqchilik – bu hududdagi mashg‘ulotlarning eng muhimi. Daryolarda uzunligi 1 metrga yetadigan baliqlar ham bo‘ladi.

Foto: Instagram/medvedevphoto

Tog‘ chang‘isi sporti

Kamchatkada uchishni endi o‘rganayotgan va tajribali rayderlar uchun tepaliklar bor. Ekstrim ishqibozlari vulqon krateriga tushishlari mumkin. Moroznaya tog‘i – sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan kompleks. U Petropavlovsk-Kamchatsk yaqinida joylashgan

Foto: National Geographic

Dayving

Tinch okeanida may oyidan oktabr oyiga qadar dayving bilan shug‘ullanish mumkin. Bu yerda baliqlarning 30 dan ortiq turi va cho‘kkan kemalarni ko‘rasiz. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida hordiqning ikki turini boshdan kechirish va suv osti ovchiligi bilan ham shug‘ullanish mumkin.

Mavzuga oid