Jahon | 20:58 / 19.09.2018
38908
3 daqiqa o‘qiladi

Oktyabrdan internet ishlamay qolishi haqidagi gap-so‘zlar qanchalik to‘g‘ri?

Foto: Yuriy Smityuk/TASS

ICANN korporatsiyasi internet domen nomlarini himoya qiladigan kriptografik kalitlarni almashtirishga tayyorlanmoqda. Bu nima degani va uning oddiy foydalanuvchilarga ta'siri bormi?

Nima bo‘ladi? 

Kritopgrafik kalitlarni yangilash 2018 yilning 11 oktabriga belgilangan.

Bu ishni domen nomlari va IP-manzillarni boshqaruvchi Amerikaning ICANN korporatsiyasi amalga oshiradi. Kompaniya agarda provayderlar yangilanishlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rmasa internet tezligining pasayishi va saytlarga kirish imkoniyati yo‘qolishi haqida ogohlantirgan. Shu sababli hozirda butun dunyodagi foydalanuvchilar internet uzilishlar bilan ishlashidan tashvishlanmoqda.  

Kriptografik kalitlar nima?

Bu internet domen nomlarini (DNS) himoya qilish tizimi.

“Har safar biror saytni ochganimizda internet-provayderimiz butunjahon DNS ma'lumotlar bazasiga murojaat qiladi. Uni ulkan telefon kitobiga qiyoslash mumkin. Provayder o‘sha yerdan manzilni oladi va bizga uzatadi. Hammasi avtomatik ravishda va foydalanuvchiga sezilmaydigan tezlikda bo‘ladi, — deydi Rossiya internet tarmog‘i milliy domen koordinatsion markazi Mixail Anisimov. — Provayder biz uchun oladigan javoblar kriptografik kalitlar bilan imzolangan: ular ikkita bo‘lib, parol vazifasini bajaradi. Bu kalitlar DNS tizimi ishonchliligi va butunligini ta'minlaydi".

Kalitlar nima uchun almashtiriladi? 

Oddiy foydalanuvchilarga xavfsizlik maqsadlarida o‘z pochtalari, ijtimoiy tarmoqlardagi parollarni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish tavsiya etilgani kabi DNS tizimida ham xavfsizlikni ta'minlash maqsadida kalitlar almashtirib turiladi.  

Kalitlar qancha vaqtda almashtiriladi? 

Kriptografik kalitlar DNS tizimini himoya qiluvchi vosita sifatida 2010 yilda paydo bo‘lgan. Reja bo‘yicha kalitlar har besh yilda almashtirilishi kerak. ICANN 2016 yilda kalitlar almashtirilishini e'lon qilgan, ammo provayderlarning tayyorgarligi sust bo‘lgani sababli bu muddatni bir necha bor ortga surgandi. Korporatsiyadagilarning hisoblashlaricha, hozirda o‘zgartirish vaqti yetib keldi.

Internetda uzilishlar bo‘ladimi?  

"Bizning hisob-kitobimiz bo‘yicha, internet kam miqdordagi foydalanuvchilarda – butun dunyo bo‘yicha 0,04%dan ko‘p bo‘lmagan foydalanuvchilarda ishlamay qolishi mumkin", — deydi Mixail Anisimov.

ICANN texnik direktori David Konradning so‘zlariga ko‘ra, dunyoning qayeridadir kalitlar almashishiga tayyor bo‘lmagan bir nechta operator bo‘lishi mumkin, ammo ular kerakli texnik parametrlarni sozlash orqali muammoni hal qilishlari mumkin. Shunda ularning foydalanuvchilarida DNS bilan aloqa tiklanadi.

Mavzuga oid