«Ikkimiz ham bu imkoniyatni uzoq kutdik». Meyvezer Pakyao bilan orani ochiq qilish uchun ringga qaytmoqda
8 ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, filippinlik bokschi Menni Pakyao 5 ta vazn toifasi bo‘yicha jahon chempioni, amerikalik Floyd Meyvezer bilan jang o‘tkazish borasida muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.
BoxingScene nashrining yozishicha, ushbu jang haqida yaqin kunlarda rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
«Hozircha jang sanasini ayta olmaymiz. Meyvezer ringga qaytganini e'lon qilib bo‘ldi, u endi mendan kamarimni tortib olmoqchi. Hozir muzokaralar bosqichida turibmiz, yakunda kelishuvga erisha olishimizga umid qilyapmiz. Men u bilan jangga hamisha tayyorman», - deya ma'lum qilgan Pakyao.
«Revansh jangini o‘tkazishimiz juda muhim, boisi hali to‘laligicha orani ochiq qilib olganimiz yo‘q. Ikkimiz ham bu imkoniyatni uzoq kutdik. Endi unga qarshi qanday jang qilishni bilaman», - deb aytgan filippinlik bokschi.
Ushbu bahs haqida o‘tgan hafta Meyvezer ham ma'lumot bergan edi. «Men shu yil Menni Pakyaoga qarshi jang qilish uchun qaytmoqdaman», - deb yozdi Meyvezer Instagramdagi sahifasida. Eslatib o‘tamiz, Floyd oxirgi marta 2017 yil avgustida ringga ko‘tarilgan, o‘shanda Konor MakGregorni texnik nokaut bilan mag‘lub etgan edi.
Ma'lumot o‘rnida, 39 yoshli Pakyao va 41 yoshli Meyvezer o‘rtasidagi birinchi to‘qnashuv 2015 yil may oyida bo‘lib o‘tgan va ochkolar bo‘yicha amerikalik bokschining foydasiga hal bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024