Tramp AQSh tarixidagi «eng yomon xato» haqida ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar qo‘shinlarini Jorj Bush rahbarligi paytida Yaqin Sharqqa kiritish AQSh hukumati tomonidan sodir etilgan «eng yomon xatoga» aylandi. Bu haqda u Hill.TV bergan intervyusida bildirdi.
«Prezident Bush tomonidan tashkillashtirilgan, mamlakatning Yaqin Sharqdagi [harbiy] ishtiroki davlatimiz tarixida sodir etilgan eng yomon xato bo‘ldi», - deya aytib o‘tdi Tramp.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning sobiq prezidenti Barak Obama ham Yaqin Sharqdan qo‘shinlarni olib chiqishga qaror qilganida xatoga yo‘l qo‘ygan. Biroq, Trampning ta'kidlashicha, «u yerda paydo bo‘lish» «eng katta» xato bo‘lgan.
Amerika yetakchisi o‘z fikrini bunday qaror AQShga 7 trln dollarga tushgani va bunda «millionlab» insonlar hayoti barbod bo‘lgani bilan izohladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Klinton Tramp Oq uyni qanday qilib «tozalab tashlashi» mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024