O‘zbekiston | 18:54 / 21.09.2018
43405
4 daqiqa o‘qiladi

Forbes Kazakhstan O‘zbekiston ishbilarmonlari o‘ynayotgan o‘yin haqida ma'lumot berdi

Toshkentdagi ishbilarmon doiralar bo‘sh vaqtni o‘tkazishning yangi usulini muhokama qilmoqda. Dam olishning bu varianti miya faolligining odatdagi yuqori darajasidan farq qiladi. Gap «60 soniyada topish» intellektual o‘yini haqida ketmoqda, deb yozadi Forbes Kazakhstan.

Foto: Forbes Kazakhstan

«ACP Game xalqaro loyihasi - bu «savol-javob» prinsipi bo‘yicha o‘yin emas. Bu, avvalambor, o‘z vaqtining qiymatini biladigan va tashkilotning sifatini qadrlaydigan muvaffaqiyatli odamlar jamoasi. Ishtirokchilar shunchaki o‘ynashmaydi, ular tanishlar, biznes aloqalar doirasini kengaytiradilar hamda biznes hamkorlar topib, yangi biznes loyihalarini yaratishadi», - deyiladi maqolada.

Aytilishicha, ACP Game 2013 yilda Moskvada loyihani boshlagan Yuliana Konstantinova tomonidan tashkil etilgan. Hozir u Rossiya, Qozog‘iston, Armanistonda faol rivojlanmoqda.

«Bu intellektual o‘yin allaqachon biznesning turli sohalaridagi rahbarlar va yirik kompaniyalar top-menejmentining bo‘sh vaqtni o‘tkazishning sevimli turiga aylandi. Loyiha kompaniyalar ichidagi seminarlar, treninglar, timbildinglarga ideal muqobil variant bo‘ldi. O‘yin - nafaqat shaxsan tanishish, balki umumiy maqsadga erishish uchun bir jamoa bo‘lib qanday ishlash kerakligini o‘rganishda ajoyib imkoniyatdir», - deyilgan maqolada.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, o‘yinni tashkil etish qoidalari qat'iy tartibga solingan. Bunda bir odamning ham u qoidalarni chetlab o‘tishi biznes-hamjamiyatning yuzlab intellektuallari yoqtirib qolgan o‘yin darajasining yo‘qolishiga olib keladi.

«O‘yini ommaviy emas, auditoriya aniq tanlanadi, qatnashchilar maqomi va ularning mashhurlik darajasi e'tiborga olinadi», - deya ta'kidlanadi maqolada.

Savollar har doim turlicha, barcha sohalarni qamrab oladi, bittasi O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq bo‘lishi shart (gap ACP Game’ni O‘zbekistonda o‘tkazish haqida ketmoqda). Sardor boshchiligidagi olti kishi bir daqiqa davomida boshlovchi tomonidan berilgan savolga javob topishi kerak. Har bir to‘g‘ri javob uchun jamoalar 1 ball oladi. O‘yin natijasiga ko‘ra ballar to‘planib, g‘olib jamoa aniqlanadi.

Foto: Forbes Kazakhstan

Forbes Kazakhstan’ning bildirishicha, O‘zbekistondagi birinchi o‘yin 2018 yilning bahorida Toshkent o‘tkazilgan bo‘lib, «Moviy gumbazlar» restoranida biznes elita, shuningdek, Qozog‘iston, Ukraina va Rossiyadan ACP Game o‘yinlari yetakchilari yig‘ilgan.

«Doimiy asosiy sovrin - uch litr yangi qizil ikrani Sarvar Qoratoyev, Murod Yoqubov, Ravshan Mahkamov, Shavkat Bekkulbekov, Aleksey Akimenko, sardor Elbek Xo‘jayevdan iborat jamoa qo‘lga kiritdi», - deyiladi Forbes Kazakhstan’dagi maqolada.

Maqola O‘zbekistonda ACP Game intellektuallar yopiq klubi o‘yini har ikkinchi payshanbada o‘tkazilishi haqidagi xabar bilan yakunlanadi.

Mavzuga oid