Xitoy AQShga protest bildirdi
XXR Mudofaa vazirligi Rossiya bilan harbiy hamkorlik uchun Xitoyga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi tufayli AQShga qat'iy protest bildirdi. Bu haqda RIA Novosti Xitoy harbiy mahkamasi xabariga tayangan holda ma'lum qilmoqda.
20 sentabr kuni Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan munosabatlar uchun Xitoy Mudofaa vazirligi Ta'minot departamentiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.
«Amerika tomonining xatti-harakati xalqaro munosabatlar asosiy me'yorlarini toptash va buyuk qudratli davlat gegemonizmining namoyon bo‘lishi hisoblanadi», - deyiladi Xitoy Mudofaa vazirligi xabarida.
Mahkamadan ta'kidlashlaricha, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik suveren davlatlar o‘rtasidagi xalqaro huquq me'yorlariga mos keladigan o‘zaro aloqalardir hamda AQShda unga aralashish huquqi yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh sanksiyalaridan keyin bayonot bergandi.
Mavzuga oid
20:26 / 12.01.2025
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
19:58 / 12.01.2025
Los-Anjyelesdagi yong‘in kelib chiqishining texnogen sababi o‘rganiladi
17:10 / 12.01.2025
Trampni tergov qilgan maxsus prokuror iste’foga chiqdi
10:56 / 11.01.2025