Departament xodimiga pora bergan DSENM boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Sayxunobod tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda, Departamentning Sayxunobod tuman bo‘limi inspektori A.R.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda tuman DSENM bosh shifokori B.D., DSENM faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirishda aniqlangan kamchiliklarni dalolatnomada ko‘rsatmaslik evaziga bo‘lim inspektori A.R.ga 200 AQSh dollari pora sifatida taklif qilib, 200 AQSh dollarini A.R.ning xizmat xonasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan B.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prokuratura xodimiga pora taklif qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Mavzuga oid
16:38 / 06.12.2024
Markaziy Osiyo mamlakatlari vegetatsiya mavsumi uchun suvni taqsimlab oldi
15:57 / 26.11.2024
Kuvayt Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurishi mumkin
19:57 / 22.11.2024
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi
11:33 / 15.11.2024