Durov Telegram foydalanuvchilarining ma'lumotlari tarqalib ketgani haqidagi xabarga izoh berdi
Telegram asoschisi Pavel Durov messenjerning desktop versiyasida IP-manzillar haqidagi ma'lumotlar begonalar qo‘liga tushganligi to‘g‘risidagi xabarlarga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat faqatgina 0,01%dan kam qo‘ng‘iroqlar bilan yuz bergan — ma'lum qilinishicha, foydalanuvchilarning atigi shuncha qismi qo‘ng‘iroqlarni Telegram Desktop orqali amalga oshiradi.
Messenjerning desktop versiyasida P2P qo‘ng‘iroqlarni o‘chirib qo‘yish funksiyasi yo‘q, dedi Durov. Ilovaning boshqa barcha versiyalarida esa bu funksiya mavjud.
Durovning qo‘shimcha qilishicha, WhatsApp, Viber kabi raqobatchi messenjerlar haligacha qo‘ng‘iroqlarni oraliq server orqali o‘tkazishadi va shu bois “ularda 100% qo‘ng‘iroqlar haqidagi ma'lumotlar aniq sizib chiqadi». Telegram esa qo‘ng‘iroqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilayotganlar o‘rtasida amalga oshiradi.
Avvalroq Facebook muhandislari 50 million foydalanuvchining akkauntiga kirish imkonini beradigan xavfsizlik kamchiligini topgani haqida ma'lum qilishgandi.
Mavzuga oid
18:26 / 23.12.2024
Telegram 2024 yilda 1 milliard dollar daromad qildi
20:54 / 12.12.2024
Telegram 2024 yilda 15 milliondan ziyod kanal va guruhlarni blokladi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
20:04 / 26.11.2024