Niderlandiya GRUning kiberhujumi oldi olinganini ma'lum qildi. Mamlakatdan 4 rossiyalik chiqarib yuborilgan
Niderlandiya Mudofaa vazirligi Rossiyaning Kimyoviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha tashkilotga (KQTT) kiberhujumi oldi olingani haqida ma'lum qildi.
O‘tgan yilning aprel oyida Niderlandiya harbiy razvedkasi va xavfsizlik xizmati Gaagadagi KQTTga qaratilgan GRU kiberhujumining oldini olgan. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Ank Beyleveld matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Xuddi o‘sha kuni Niderlandiyaning rasmiy organlari ma'lumotlariga ko‘ra, GRU xodimlari hisoblangan to‘rt nafar rossiyalik mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Rossiyaning KQTTdagi doimiy vakolatxonasi Niderlandiya Mudofaa vazirligining ayblovlariga izoh bermadi. «Izohlar yo‘q», - deya ma'lum qilgan missiya vakili RIA Novosti’ga.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq GRU sobiq xodimi Sergey Skripal Rossiyada juda yuqori darajadagi korrupsiya sxemasi haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
00:20 / 10.12.2024
Niderlandiyada ichki chegara nazorati joriy etiladi
20:40 / 06.12.2024
G‘ayrat Fozilov Niderlandiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
23:41 / 03.12.2024
Yevropa Ittifoqining yana bir davlati majburiy harbiy xizmatni qayta tiklashi mumkin
13:55 / 18.11.2024