Qozog‘istonlik 6-sinf o‘quvchisi yarim soat ichida 30 mingta misol bajardi
Qozog‘istonning Oqtau shahridan bo‘lgan O‘ringul Aristan Sankt-Peterburgda o‘tgan tanlovda 26 daqiqa 26 soniya ichida 30 mingta misolni bajarib, mental arifmetika bo‘yicha rekordni yangiladi.
Ta'kidlanishicha, O‘ringul umumiy o‘rta ta'lim maktabining 6-sinfida hamda bolalar intellektual rivojlanishi markazi “UCMAS”ning Oqtaudagi filialida tahsil oladi. U bir daqiqa ichida og‘zaki 25-30 ta misol bajara oladi.
Sankt-Peterburgdagi chempionatda O‘ringul 120 ta davlatdan kelgan 150 raqibini ortda qoldirib, o‘zining tezkorligi bilan hammani hayratlantirdi.
“Men xorijlik do‘stlar orttirdim. Musobaqalarda ikki yilgina ishtirok etayotganimga qaramay, yuqori cho‘qqilarga erisha oldim va bundan juda ham xursandman”, deb aytgan O‘ringul.
Mavzuga oid
16:22 / 06.12.2024
Rossiya Polshaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligini yopadi
14:00 / 01.12.2024
“Farzandlarimga kitob o‘qish hamda mehnatdan qochmaslikni o‘rgataman” – chempionning taksist otasi
08:50 / 27.11.2024
Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
13:30 / 21.10.2024