«O‘zbekneftgaz» va «Zarubejneft» qo‘shma loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda
Bugungi kunda «Zarubejneft» AJ «O‘zbekneftgaz» AJning O‘zbekistondagi kam debitli konlarda uglevodorod qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishdagi asosiy hamkorlardan biri sifatida ko‘rilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekneftgaz matbuot xizmati Kun.uz’ga
«Zarubejneft» AJ bosh direktor o‘rinbosari I.Afanasev joriy yilning 26 sentabr kuni «O‘zbekneftgaz» AJ rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shuni ta'kidladiki, qo‘shma o‘rganish davomida Rossiya tomoni «O‘zLITIneftgaz» AJ, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti AJ ilmiy institutlari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazgan, hamda rossiyalik mutaxassislar «Andijonneft» AJ konlariga ham tashrif buyurganlar.
Olib borilgan ishlar natijasiga ko‘ra, Rossiya kompaniyasi bayonot berib, Farg‘ona viloyatidagi uzoq muddatli konlarda neft qazib olish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkinligini aytgan.
Shuningdek, «Zarubejneft» AJ tomoni loyihani amalga oshirishni davom ettirishga qiziqishi katta ekanligini va keyingi bosqichga (bitimni imzolashni tayyorlash bo‘yicha aniq qadamlar) o‘tishni muhokama qilishga tayyorligini ham aytgan.
Mavzuga oid
22:19 / 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev gaz qazib olishni oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024