Interpol rahbarining rafiqasi erining yo‘qolishi oldidan undan g‘alati surat olganini ma'lum qildi
Bir necha kun avval izsiz yo‘qolib qolgan Interpol prezidenti Men Xunveyning rafiqasi Greys Menning ta'kidlashicha, eri yo‘qolishi oldidan unga pichoq surati ilova qilingan xabar jo‘natgan. Bu haqda WDAM7 nashri ma'lum qildi.
Ayolning Lionda jurnalistlarga ma'lum qilishicha, uning fikricha eri 25 sentabrda jo‘natgan surat orqali xavf ostida ekanligini ma'lum qilmoqchi bo‘lgan. Ayolning aytishicha, eri suratni yuborishidan 4 daqiqa avvalroq “Qo‘ng‘irog‘imni kut” degan yozuvli xabar jo‘natgan. Greys Menning aytishicha, shundan keyin eri bilan aloqa uzilgan va u qayerdaligini bilmaydi.
Xitoy tomonining ma'lum qilishicha, Xitoyda jamoat xavfsizligi vaziri o‘rinbosarini egallovchi Men Xunvey qonunni buzishda ayblanmoqda va unga nisbatan tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:28 / 20.12.2024
O‘zbekiston Interpol orqali Rasayev va Temirxanovni xalqaro qidiruvga berdi
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024