Jahon | 00:46 / 16.10.2018
12634
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik aktyor Trampni hokimiyatdan chetlatishga chaqirdi

FOTO : TASS/Zelig Shaul, Zuma

Amerikalik aktyor Alek Bolduin demokratik partiyaning Nyu-Gempshirda o‘tgan tadbirida AQSh prezidenti Donald Trampni keskin tanqid ostiga oldi.

USA Today ma'lumotlariga ko‘ra, aktyor AQShning amaldagi ma'muriyatini kongressga oraliq saylovlar vaqtida “qonuniy yo‘l bilan” ag‘darish kerakligini aytgan.

“Amerikada saylovlar orqali o‘zgartirishlar kiritish rusum hisoblanadi. Biz hukumatni rasmiy yo‘l bilan o‘zgartiramiz. Biz aynan shunday rasmiy va qonuniy yo‘l bilan Donald Tramp ma'muriyatini ag‘darishimiz kerak”, deb aytgan aktyor.

Bolduin saylovchilarga murojaat qilib, ularni 6 noyabrdagi saylovlarda to‘g‘ri tanlov qilishga chaqirgan. Saylovlarda vakillar palatasining to‘liq tarkibi (435 joy) va senat tarkibining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i (35 joy) aniqlab olinadi.

Bolduin Saturday Night Live shousida Trampga bir necha bor parodiya qilgani bilan ma'lum va 2017 yilda ushbu roli uchun nufuzli “Emmi” mukofoti bilan taqdirlangan. 

Mavzuga oid