O‘zbekiston | 23:59 / 17.10.2018
12921
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va O‘zbekiston universitetlari diplomlarini nostrifikatsiya qilish soddalashtirilishi kutilmoqda 

​Rossiya oliygohlarining diplomlari O‘zbekistonda nostrifikatsiya qilinishi, shuningdek o‘zbek diplomining Rossiya hududida tan olinishi masalasi kutilayotgan «O‘zbekiston-Rossiya ta'lim forumi»da ijobiy hal etilishi kutilmoqda. Bu haqda forum tashkilotchilari Kun.uz'ga ma'lum qildi. 

«Bu masala uzoq yillardan beri o‘z yechimini kutayotgan muammolardan biri edi. Forum doirasida ushbu masala chuqur tadqiq etish maqsadida alohida ishchi guruh tuzilishi nazarda tutilgan. Guruh tarkibiga, albatta, soha mutaxassislari va huquqshunoslar kiritilishi kutilmoqda. Shundan so‘ng, ishchi guruh ishlab chiqqan tavsiyalarga binoan diplomlarni har ikkala mamlakat hududida tan olinishi masalasi bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilinadi», deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohitov. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohitov / Foto: KUN.UZ

Bundan avval,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan  xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha onlayn-servis ishga tushirilgandi.

Mavzuga oid