Jahon | 17:25 / 17.10.2018
20959
2 daqiqa o‘qiladi

O‘z bemorlariga Qur'oni karim o‘qib beruvchi jarroh BMT tomonidan taqdirlandi

Foto: Will Swanson/UNHCR

BMT jarrohlik amaliyoti vaqtida bemorlarga Qur'on va Injil o‘quvchi afrikalik shifokorga mukofot topshirdi. Asli katolik bo‘lgan jarroh e'tiqod va Yaratganga bo‘lgan ishonch bemorlarga yordam berishiga ishonadi, shuning uchun ham anesteziyadan oldin ularga musulmonlar va nasroniylarning muqaddas Kitoblaridan o‘qib beradi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mashhur mukofot sohibi Evan Atar Adaxa Janubiy Sudanning Yuqori Nil viloyati, Bunj shahridagi Maban kasalxonasida xizmat qiladi. Uning ushbu shifo maskanida jarrohlik qilayotganiga yigirma yildan ko‘p bo‘ldi. Ana shu vaqt mobaynida u yangi Sudan va Janubiy Sudan davlati shakllanayotgan davrdagi juda ko‘plab fuqarolik urushi va falokat qurbonlariga yordam berdi, hayotlarini saqlab qolishga ko‘maklashdi.

“Arzimas mehnatim shu qadar mukofotlanganligidan hayajondaman. Bu mukofot uchun pul berilishidan juda ham mamnunman. Uni, albatta, kasalxonamizning birlamchi ehtiyojlari uchun sarflaymiz”, – deydi jarroh mukofotni ola turib.

Mavzuga oid